PARANTEZ BIRLIKLARNING SEMANTIK-STILISTIK, FUNKSIONAL GRAMMATIK XUSUSIYATLARI (ERKIN A’ZAM QISSALARI ASOSIDA)
Keywords:
parantez birliklari, Erkin A’zam, qissa, semantik-stilistik xususiyat, funksional xususiyat, grammatik xususiyat, badiiy matn, qo‘shimcha mazmun, muallif munosabati, parantez birikmalar.Abstract
Ushbu tezisda parantez birliklarining semantik-stilistik, funksional va grammatik xususiyatlari Erkin A’zam qissalari misolida tahlil qilinadi. Parantez birliklarining badiiy matndagi o‘rni, asosiy fikrga qo‘shimcha mazmun kiritish, muallif munosabatini ifodalash hamda fikrni aniqlashtirishdagi vazifalari yoritiladi. Shuningdek, parantez birliklarining grammatik shakllari va matnning mazmuniy-uslubiy yaxlitligini ta’minlashdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi.